Xitoyning yana bir jamoasi rekord darajadagi mablag‘ evaziga futbolchi sotib oldi

Sport 20:32 / 04.02.2016 6060

"Shaxtyor" jamoasining braziliyalik yarim himoyachisi 50 mln yevro evaziga Xitoyning "Tszyansu Sunin" klubiga transfer qilindi. Bu haqda Calciomercato nashri xabar bergan.

Bu orqali endi qishki transferlar vaqtidagi eng qimmatbaho transfer amalga oshirildi.

Bundan oldinroq, ushbu futbolchi Angliyaning "Liverpul" jamoasi ham sotib olmoqchi bo‘lgani, ammo 26 yoshli bu futbolchi uchun so‘ralgan mablag‘ga ko‘nmagani va 30 mln funtdan ortiq mablag‘ berishga rozi bo‘lmagani xabar qilingandi.

Qayd etish kerakki, bu transfergacha joriy qishki transferlarning eng qimmatbahosi Xitoyning boshqa bir jamoasi "Guanchjou" tomonidan amalga oshirilgandi. Bu jamoa "Atletiko"dan Jyekson Martinesni 42 mln yevro evaziga xarid qilgandi.

Ko‘proq yangiliklar: