Shanxay hamkorlik tashkilotining 2016 yildagi faoliyatida eng istiqbolli yo‘nalish Toshkentda o‘tadigan tashkilotga a'zo davlatlar yetakchilarining 15-sammiti bo‘ladi. Bu haqda tashkilotning yangi bosh kotibi Rashid Alimov bayonot berdi.
“2016 yil Shanxay hamkorlik tashkiloti uchun o‘ziga xos bo‘ladi, - dedi u bosh kotiblik lavozimiga kirish munosabati bilan o‘tkazilgan qabul chog‘ida. – Iyunda Toshkentda ShHT yetakchilarining uchrashuvi bo‘lib o‘tadi, unda tashkilotning 15 yillik faoliyatiga baho beriladi. Yubiley sammitga tayyorgarlik 2016 yilning eng ustuvor yo‘nalishidir”.
Tojikiston vakili bo‘lmish Rashid Alimov 2016 yil yanvaridan ShHT bosh kotibi lavozimini qabul qilib oldi. U mazkur lavozimda Dmitriy Mezentsevning o‘rnini egalladi.
Alimov tashkilot oxirgi 15 yil ichida ko‘p qutbli dunyoning eng muhim tortishish nuqtalaridan biriga aylanganini ta'kidlab o‘tdi.