Samsung minglab flagman smartfonlarini bepul tarqatadi

Fan-texnika 22:59 / 04.02.2016 6441

Samsung kompaniyasi Galaxy Note 5 fabletlarini ommaviylashtirishning yangi usulini o‘ylab topdi. Endi Janubiy Koreyaga kelayotgan sayyohlarga flagman gadjyetlari bepul tarqatiladi, deyilmoqda kompaniya saytida.

Janubiy Koreyada kompaniyaning bu loyihasi hamkorlari SK Telecom aloqa operatori va Korea Tourism sayyohlik tashkiloti bo‘ladi. Smartfonlar fevraldan boshlab tarqatila boshlanadi: har haftada Janubiy Koreyaga Seuldagi markaziy aeroport orqali kelayotgan 250 nafar omadi kulib boqqan sayyoh gadjyetlarni vaqtinchalik foydalanish uchun olishi mumkin bo‘ladi.

Shu tariqa yil davomida 12 mingga yaqin odam fabletdan foydalanib, unga baho berish imkoniga ega bo‘ladi. Biroq bunda talablar qat'iy: Galaxy Note 5 yordamida SK Telecom xizmatlari bilan bepul 5 kun foydalanish mumkin bo‘ladi, internet trafik esa 1 Gbayt miqdorida cheklangan.

Ko‘proq yangiliklar: