Toshkent kimyo-texnologiya instituti olimlari oshqovoq urug‘laridan o‘simlik yog‘ini olish usulini ixtiro qilishdi.
"Mazkur usul yog‘-moy sanoati, tibbiyot, oshqovoq urug‘ining yog‘i asosida dorivor preparatlar olish sohasi uchun mo‘ljallangan. Uning vazifasi qobiqni ajratish va bir paytning o‘zida mo‘'tadil temperatura quritish va fraksiyalashning yangi usulini yaratish, texnologik jarayonlarni qisqartirish, biologik aktiv moddalar va vitaminlar tarkibi yuqori bo‘lgan, oziq-ovqat, tibbiyot va farmasevtikada qo‘llash mumkin bo‘lgan yuqori sifatli yog‘ olish uchun presslash temperaturasini pasaytirishdan iborat", deyiladi Intelektual mulk agentligi xabarida.
Mualliflar jamoasi - Nurmuhamedov Habibulla, Glushenkova Anna, Qodirov Yo‘ldoshxon, Abdullayev Alisher, Qodirova Nodira, Nurmuhamedov Sa'dulla va Nigmadjonov Samugjonga ushbu usul uchun № IAP 05152 raqamli patent berildi.