Olimlar: qahva jigarni sirrozdan himoya qiladi

Jamiyat 19:56 / 04.02.2016 5935

Kuniga ikki bora qahva ichilsa, bu jigar sirrozi tahdidini hamda davosiz darddan o‘lish xavfini ikki barobarga kamaytiradi. Sautgempton universiteti professori Juliya Parks boshchiligidagi britaniyalik olimlar guruhi tomonidan o‘tkazilgan meta-tahlil natijalari Alimentary Pharmacology & Therapeutics jurnalida chop etildi.

Olimlar 1994-2015 yillar o‘rtasida o‘tkazilgan 2 mingdan ortiq tadqiqotlar natijalarini o‘rganib, ulardan jami 432 ming kishini qamrab olgan 9 tajriba tanlab olindi. Natijada ular quyidagi xulosaga kelishdi: qahvani kuniga ikki bora iste'mol qilish sirroz kelib chiqish xavfini 44 foizga, undan o‘lish xavfini esa 50 foizga qisqartiradi. Bu juda katta ko‘rsatkchidir; masalan, statinli terapiya yurak-tomir xastaliklariga chalinish xavfini 25 foizgagina qisqartiradi.

Bu ta'sir nima bilan bog‘liqligi hali tushunarsiz. Mualliflar qahva kofeindan boshqa bir qator muhim moddalarni o‘z ichiga olishini eslatib o‘tishdi, bular orasida aksiloksidativ va yallig‘lanishga qarshi birikmalar (kafestol, kaveol, xlorogen kislotasi) bor. Bular jigarning qo‘shimcha himoyasini ta'minlab berishga qodir. Bundan tashqari, bilvosita ta'sirni ham istisno qilmayapti (gepatit yoki 2-tipdagi gepatit xastaligining kamaytirilishi singari).

Ko‘proq yangiliklar: