AQSh prezidenti Barak Obama televideniye xodimlarini seriallarda musulmonlar obrazini bir tomonlama yoritgani uchun tanqid qildi. Deadline xabariga ko‘ra, prezident mazkur tanqidiy fikrlarni Baltimordagi masjidga tashrifi chog‘ida bildirib o‘tgan. Qayd etilishicha, Obama prezident sifatida ilk bor masjidga tashrif buyurdi.
Obamaning so‘zlariga ko‘ra, Amerika teleshoularida milliy xavfsizlik masalalariga bog‘liq bo‘lmagan musulmon-qahramonlar ham bo‘lishi kerak. Davlat rahbari telekanallar efirida qora tanli kishilar tasvirlanmagan davrlarni esga olib o‘tdi.
“Siz jamiyatimizning asl qiyofasini namoyish etgan holda yaxshi hikoyalarni so‘zlab berishingiz mumkin”, - dedi u.