Nyu-Yorkdagi Empayr-steyt-bilding osmono‘par binosi tepasiga yugurib chiqish musobaqasi uyushtirildi

Jamiyat 16:00 / 04.02.2016 2906

Nyu-Yorkda 39-marotaba Empayr-steyt-bilding osmono‘par binosi tepasiga 1576ta zinapoyani bosib o‘tgan holda yugurib chiqish musobaqasi uyushtirildi. Mazkur musobaqada jami bo‘lib 200 ishtirokchi qatnashdi, deya xabar qildi New York Daily News.

Musobaqa mashhur binoning xollidan boshlanib, 320 metr balandlikda joylashgan 86- qavatdagi tomosha maydonchasida tugallandi.

“Bu fantastika edi. Men eng yuqoriga yetib borganimda butun Nyu-Yorkni ko‘ra olar edim”, - dedi bellashuv g‘olibi Darren Uilson. 41 yoshli Uilson 10 yarim daqiqa ichida belgilangan masofani bosib o‘tdi. Avstraliyaning Adelaida shahridagi o‘t o‘chirish xizmati xodimi bo‘lgan Uilson musobaqada ishtirok etish uchun 30 soat davomida parvoz qilib keldi.

Ayollar o‘rtasida esa Syuzi Uolshem g‘olib chiqdi. U masofani 12 daqiqa 19 soniya ichida bosib o‘tdi. Bu Uolshemning Empayr-steyt-bilding musobaqalaridagi yettinchi yutug‘i.

Ko‘proq yangiliklar: