AQSh prezidentligiga Respublikachilar partiyasidan nomzod Donald Tramp nomi tinchlik bo‘yicha Nobel mukofotiga nomzodlar ro‘yxatidan o‘rin oldi, deya xabar bermoqda The Independent.
Mazkur ro‘yxatda Rim papasi Frantsiskning nomi ham qayd etilgan.
Tinchlik muammolari instituti rahbari Kristian Berg Xarpvikenning so‘zlariga ko‘ra, nomzodlar orasida AQSh milliy xavfsizlik mahkamasining sobiq xodimi Edvard Snouden nomi ham keltirib o‘tilgan. Xarpviken Tramp nomzodi ilgari surilganini uning “g‘oyalar kuchi yordamida tinchlik uchun kurashayotgani” bilan izohladi.
Eslatib o‘tamiz, 2015 yilda Trampning mamlakatga musulmonlar kirishini taqiqlash to‘g‘risidagi bayonoti qizg‘in muhokamalarga sabab bo‘lgan edi. Trampning so‘zlari ko‘plab siyosatchilar, madaniyat sohasi vakillari va boshqalarning noroziligini keltirib chiqardi.