Eron rossiyaliklar uchun vizalarning bekor qilinishini ko‘rib chiqmoqda

Jahon 20:30 / 04.02.2016 3458

Eron oliy yetakchisining xalqaro ishlar bo‘yicha maslahatchisi Ali Akbar Viloyatiy Eron hukumati rossiyaliklar uchun vizalarning bekor qilinishi imkoniyatini ko‘rib chiqayotganini aytdi. TASS axborot agentligining ma'lum qilishicha, gap sayyohlar va tadbirkorlar uchun ruxsat beruvchi hujjatlar haqida ketmoqda.

21 yanvardan Eronning Mahan Air aviakompaniyasi Mosva va Tehron o‘rtasida muntazam to‘g‘ri parvozlarni amalga oshirmoqda. Shuningdek, bu yo‘nalish bo‘yicha "Aeroflot" ham reyslarni amalga oshiradi. Bundan tashqari, ba'zi aviatashuvchilar boshqa samolyotga o‘tishlar bilan Tehronga reyslar amalga oshirmoqda.

Ayni vaqtdagi qoidalarga ko‘ra, rossiyaliklar Eronda bo‘lish uchun bu mamlakatga kelishlari bilan viza olishlari kerak. Bu viza bevosita aeroportning o‘zida rasmiylashtiriladi. Vizaning narxi sayyoh bir o‘zi yoki guruh tarkibida harakatlanishga bog‘liq holda 20 dan 80 yevrogacha turadi. Viza 30 kunga rasmiylapshtiriladi.

Ko‘proq yangiliklar: