Buyuk Britaniya Assanjni Ekvador elchixonasidan chiqishi bilanoq hibsga olmoqchi

Jahon 23:26 / 04.02.2016 3625

WikiLeaks portali asoschisi Julian Assanj Ekvadorning Londondagi elchixonasidan chiqishi bilanoq hibsga olinadi, deb xabar bermoqda Reuters axborot agentligi.

Bu haqda Buyuk Britaniya bosh vaziri Devid Kemeron ma'lum qildi.

Avvalroq OAVlar BMT komissiyasi Assanj foydasiga qaror chiqargan va uning taqib qilinishini asossiz deb atagandi.

Assanj Ekvador elchixonasida 2012 yil iyunidan beri Shvetsiyaga ekstraditsiya qilinishidan qochib, yashirinib keladi. U Shvetsiyada 2010 yilda nomusga tegish ayblovi bo‘yicha so‘roq qilinish uchun qidirilmoqda. Assanjning o‘zi bu ayblovlarni inkor qilib keladi.

Ko‘proq yangiliklar: