Qozog‘istonning 20 foiz aholisini muhojirlar tashkil qiladi, deb xabar bermoqda The Telegraph gazetasi.
"2015 yil holatiga ko‘ra, Qozog‘istonda 3 mln 546 ming muhojir yashamoqda. Taxminiy baholarga ko‘ra, muhojirlar Qozog‘istonning 17 mln 625 ming kishilik aholisining 20,12 foizini tashkil qiladi", deyilmoqda BMT ma'lumotlari asosida yozilgan maqolada.
BMT ma'lumotlariga ko‘ra, muhojirlarning tub aholiga nisbatan miqdorining kattaligi bo‘yicha BAA, Qatar va Kuvayt yetakchi hisoblanadi.
Umuman olganda muhojirlar soni bo‘yicha AQSh, Germaniya va Rossiya yetakchilik qilmoqda.