Florida shtatining Palm-Bich shahrida politsiyachining o‘qi tufayli falaj bo‘lib qolgan 22 yoshli afroamerikalik sud qaroriga ko‘ra 23 mln dollarga ega bo‘ldi. Bu haqda Sky News xabar bermoqda.
Aytilishicha, voqea 2013 yili sodir bo‘lgan. Politsiya zobiti yigitni to‘xtatib, YTH uchun jarima yozib bermoqchi bo‘lgan. Ammo qorong‘uda telefonni qurol deb o‘ylab, unga qarata to‘rt marta o‘q uzgan.
Ichki surishtiruv asnosida politsiyachi aybsiz deb topilgan.