2013 TX68 deb nomlangan asteroid 2013 yilda kashf qilingan. O‘shanda u Yer sayyorasidan 2 million kilometr masofadan uchib o‘tgan edi. Ayni shu osmon jismi 5 mart kuni ham Yerga yaqinlashib, bor-yo‘g‘i 17 ming kilometr uzoqlikdan parvoz qiladi. Bu haqda NASA xabar qilmoqda.
Mutaxassislarning tasdiqlashicha, obektning harakatlanish trayektoriyasini aniq hisoblab chiqish imkonsiz. Uni kuzatish esa juda qisqa fursat davom etadi. Shunisi aniqki, asterod Yerga xavf tug‘dirmaydi.
2013 TX68 asterodining Yerga keyingi yaqinlashuvi 2017 yilning 17 sentabrida sodir bo‘ladi. Hisob-kitoblarga ko‘ra, ikki yildan keyingi parvozning Yerga xavf solish ehtimoli 250 milliondan bir ulushga teng bo‘ladi.