1 fevraldan jahonda diniy konfessiyalararo xalqaro bag‘rikenglik haftasi boshlandi

Jahon 20:11 / 04.02.2016 2951

1 fevraldan jahonda diniy konfessiyalararo xalqaro bag‘rikenglik haftasi boshlandi. Ilk bor bunday loyiha 2011 yilda BMT tomonidan o‘tkazilgan edi. Bundan ko‘zlangan maqsad, albatta, turli diniy e'tiqod vakillari o‘rtasida do‘stona muloqot va hozirda juda dolzarb bo‘lgan tinchlikni o‘rnatishdir.

Mazkur loyihani har yilning ma'lum bir haftasida o‘tkazish Qarori 2010 yilda BMTning Bosh Assambleyasida qabul qilingan edi. Keyinchalik mazkur hujjat har yilda fevral oyining ilk haftasida o‘tkazish tavsiyasi bilan Rezolyutsiya ko‘rinishida chop etildi.

BMT barcha davlatlarni ushbu 7 kun ichida tinchlik va dinlararo totuvlik g‘oyalarini tobora keng targ‘ib etishga chaqiradi. Barcha diniy tashkilotlar bu borada tegishli chora-tadbirlar, targ‘ibot tadbirlarini amalga oshirishlarini lozim deb hisoblaydi.

Manba: vakillik.uz

Ko‘proq yangiliklar: