Xitoyning «Guanchjou Evergrand» klubi «Atletiko» hujumchisi Jyekson Martinesni 42 million yevro evaziga sotib oldi. Bu haqda Marca nashri xabar tarqatgan.
«Guanchjou Evergrand» Xitoy chempioni hisoblanadi. Bu mamlakatda transferlar darichasi 26 fevralga qadar ochiq bo‘ladi.
Eslatib o‘tamiz, Jyekson Martines 2015 yilning yozida «Portu»dan «Atletiko»ga 35 million yevro evaziga o‘tgandi. U madridliklarning asosiy tarkibiga kira olmadi va 15 uchrashuvda maydonga tushib, 2ta gol urdi.