Pekinda ShHT Milliy koordinatorlari kengashining navbatdagi majlisi boshlandi

O‘zbekiston 10:20 / 03.02.2016 2430

2 fevral kuni ShHT bosh qarorgohi joylashgan Pekin shahrida tashkilot Milliy koordinatorlari kengashining navbatdagi majlisi ochildi.

Unda ShHT bosh kotibi Rashid Alimov va ShHT Mintaqaviy aksilterror tuzilmasi Ijroiya qo‘mitasi direktori Yevgeniy Sisoyev qatnashmoqda.

5 fevralga qadar davom etadigan majlis kun tartibidan 30ga yaqin masalalarni ko‘rib chiqish, jumladan tashkilotning 2016 yilda nishonlanadigan 10 yillik yubileyiga tayyorgarlik ko‘rish masalasai joy olgan. Majlisda ko‘riladigan asosiy masala esa Toshkentda 23—24 iyun kunlari o‘tkaziladigan ShHT sammitiga tayyorlanish masalasi hisoblanadi.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yilning yozida Ufadagi sammitdan so‘ng ShHT raisligi Rossiyadan O‘zbekistonga o‘tgan edi.

Ko‘proq yangiliklar: