Meksikaning Kuernavaka shahri ish tashlash e'lon qilgan chiqindi yig‘uvchilar tomonidan chiqindilar bilan to‘ldirib tashlandi. Asosiy ma'muriy binolarga olib boradigan yo‘llar tonnalab chiriyotgan chiqindi va pokrishkalar bilan to‘sib tashlandi, deb xabar bermoqda TASS axborot agentligi.
Ish tashlash aksiyasida yuzga yaqin odam ishtirok etmoqda. Ular hukumatdan bir necha oylik maoshlari bo‘yicha qarzni uzishni talab qilishmoqda. Agentlik ma'lumotlariga ko‘ra, gap 60 mln pesolik (joriy kurs bo‘yicha 3,2 mln dollar) qarz haqida bormoqda.
Shahar chiqindilarni tozalash xizmati vakili norozilik aksiyasi qarz to‘liq uzilmaguncha davom ettirilishini aytdi. Norozilar shahar meri Kuautemok Blanko bilan uchrashmoqchilar.