Aleksandr Povetkin hech qanday titul keltirmasa ham Klichkoga qarshi jang o‘tkazmoqchi

Sport 11:31 / 03.02.2016 3309

Professional boksning WBC kamari sohibi rossiyalik bokschi Aleksandr Povetkin Vladimir Klichkodan revansh olish ahdidan qaytmayapti. U o‘z titullarini britaniyalik Tayson Fyuriga boy bergan bu ukrainalik bokschi bilan jang hech qanday tutul bermasada, u bilan mushtlashmoqchi.

Ayni vaqtda Povetkin WBC versiyasi bo‘yicha chempionlik kamariga ega chiqish uchun amerikalik bokschi Deonte Uaylderga da'vogar hisoblanadi.

"Klichkodan qasd olish hissim yo‘qolmaydi. Umid qilamanki, kun kelib, u bilan ringda yana to‘qnashamiz. Hatto, bu jangdagi g‘alaba biron bir kamar bermasa ham bu jangga rozilik bergan bo‘lardim", deydi bokschi.

"U jiddiy bokschi, kuchli zarbaga ega. Juda ham jiddiy, aks holda u jahon chempioni bo‘lmasdi. Klichko – afsona. U o‘z kamarini 11 yil himoya qilgan. Agar boshqa yosh yigit shu yo‘lni bosib o‘ta olsa, uni shu darajaga qo‘yishdan boshqa ilojimiz yo‘q. Hozircha men Vladimir Klichkoni kuchli bokschi deb hisoblayveraman", degan u Klichko haqida.

Ko‘proq yangiliklar: