"Zenit" o‘zining yetakchi hujumchisi Xalk bilan xayrlashmoqchi emas. Jamoa xitoyliklar jamoasi tomonidan berilgan taklifga rad javobini qaytargan. Bu haqda "Sport den za dnem" nashri xabar bergan.
Bundan oldinroq Xitoyning "Guanchjou" klubi braziliyalik futbolchi uchun 30 million yevro berishga tayyorligi haqida xabar qilingandi.
Bu taklifga ko‘ra xitoyliklar futbolchining o‘ziga ham "Zenit"da olayotganidan ko‘ra ancha ko‘p maosh nazarda tutilgandi.
Ma'lumot uchun, Xalkning piterliklar bilan shartnomasi 2019 yilgacha amalda bo‘ladi. "Zenit" 2012 yilda uning transferi uchun "Portu"ga 60 million yevro to‘lagan. U piterliklar safida Rossiya chempionatida 134ta o‘yin o‘tkazgan va 65ta gol urgan. Uning joriy mavsumdagi ko‘rsatkichi 8ta gol va 14ta golli uzatma.