Xitoy BeiDou navigatsiya tizimining 21-yo‘ldoshini orbitaga chiqardi

Jahon 22:12 / 01.02.2016 2824

Xitoy 1 fevralda BeiDou milliy navigatsiya tizimining 21-yo‘ldoshini orbitaga muvaffaqiyatli chiqardi. Bu haqda Xitoy OAVlari ma'lum qildi.

"Chanchjen-3 bin" ("Buyuk safar-3S") raketa-tashuvchi yo‘ldosh bilan birga Sichuan viloyatidagi "Sichan" kosmodromidan uchirildi. Raketaning uchirilishi "Chanchjen" raketa-tashuvchilari seriyasining 224-parvozi bo‘ldi.

BeiDou – mintaqaviy navigatsiya tizimi bo‘lib, u 2000 yilda orbitada joylashtirila boshlangan. U Xitoy, unga qo‘shni davlatlar va Osiyo-Tinch okeani mintaqasining boshqa hududlaridagi geografik koordinatalarni aniqlashni ta'minlaydi. Tizim obektlarning joylashgan o‘rnini 10 metrgacha aniqlikda topishga imkon beradi. BeiDou yo‘ldoshlar guruhi 2020 yilgacha orbitada to‘liq joylashtiriladi. Bungacha Xitoy BeiDou’ni 35 yo‘ldoshgacha yetkazib, uni global navigatsiya tizimiga aylantirmoqchi.

Ko‘proq yangiliklar: