Saudiyalik shahzoda Fransiyaning uchinchi divizionidagi jamoani YeChL darajasidagi jamoaga aylantirmoqchi

Sport 19:53 / 01.02.2016 4108

Saudiya Arabistonidagi shahzodalardan biri Fahd ibn Xolid Feysal Fransiyaning uchinchi divizionidagi jamoalardan birini sotib oldi va u jamoani rivojlantirish uchun 50-60 mln yevro sarflashni rejalashtirgan.

Ma'lum qilinishicha, u "Sedan" jamoasini sotib olgan va bu jamoani YeChLda muvaffaqiyatli darajada ishtirok etuvchi jamoaga aylantirib, keyinroq bu jamoa bilan turnirda zafar quchmoqchi.

"Biz YeChLda qatnashishni istaymiz. Bu orzu va bu amalga oshishi mumkin", degan u Fransiyadagi telekanallardan biriga bergan intervyusida.

Ma'lumot uchun, "Sedan" 1919 yilda asos solingan jamoa bo‘lib, u hozirda Fransiyaning uchinchi divizionida ishtirok etmoqda. "Sedan" birinchi divizionda oxirgi marta 2006-07 yillar mavsumida ko‘rinish bergandi.

Shahzoda o‘z hamkorlari bilan jamoani moliyalashtirishni va jamoa qoshida futbolchilarni tayyorlash akademiyasi tashkil qilishni rejalashtirgan.

Jamoaning yangi xo‘jayinining eng katta orzusi Messini kunlardan bir kuni "Sedan"da ko‘rish ekani aytilmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: