Rossiya prezidenti Vladimir Putin qonunchilikka Rossiyada axborot texnologiyalari kompaniyalariga teng ishlash sharoitlarini ta'minlaydigan o‘zgartirishlar kiritish bo‘yicha takliflarni tayyorlash vazifasini topshirdi. Bu haqda Kreml saytida ma'lum qilindi.
Vazifa Rossiyaning Federal aloqa agentligi, iqtisodiyot va rivojlanish vazirligi, moliya vazirligi, Federal soliq xizmati, sanoat va savdo vazirligi, kommunikatsiya va aloqa vazirligi, tegishli boshqarmalar va Internetni rivojlantirish institutiga topshirildi. Tegishli takliflar 1 sentabrgacha taqdim qilinishi kerak.
Prezidentning topshirig‘i, xususan, Rossiya bozorida o‘z xizmatlarini sotish bilan shug‘ullanuvchi xorijiy kompaniyalar uchun qo‘shilgan narxga soliq kiritishga ham taalluqli. Bu soliq Google va Apple kompaniyalariga ham tatbiq qilinishi mumkin.