Olimlar: 2016 yil tarixdagi eng issiq yil bo‘ladi

Jahon 20:45 / 01.02.2016 13223

2016 yil meteokuzatuvlar olib borilayotgan davr mobaynidagi eng issiq yil bo‘ladi, deya va'da qilmoqda britan olimlari. Bundan tashqari, ular ma'lumotiga ko‘ra, yaqin besh yil ichida Yerdagi havo harorati ko‘tarilishda davom etadi.

The Guardian xabariga ko‘ra, Britaniya Meteorologiya xizmati mazkur jarayon atmosferaga issiqxona gazlarining qo‘p miqdorda ajralib chiqishi bilan bir vaqtda sodir bo‘lishini qayd etib o‘tgan.

2017 yilda esa, britan olimlarining fikriga ko‘ra, rekord bo‘lmasligi ham mumkin. Bunga Tinch okeanining ekvatorial hududlaridagi suv yuzasi harorat tebranishlarini vujudga keltirib, iqlim o‘zgarishiga katta ta'sir ko‘rsatadigan El-Nino hodisasining aksi - La-Ninya jarayoni sabab bo‘lishi mumkin. biroq 2018 yildan zaminimiz yana isishni boshlaydi.

“Bu bashoratlar taxminiy. Ular issiqxona gazlarining ajralib chiqishini hisoblashga asoslangan. Bunda eng muhim omil – okean haroratini oldindan ayta olmaymiz. Ob-havo biz kutgandan ham juda tez o‘zgaradi”, - dedi Britaniya Meteorologiya xizmati xodimi Dag Smit.

Ko‘proq yangiliklar: