Muqimiy nomidagi o‘zbek davlat musiqali teatri binosi rekonstruksiya qilinadi

Jamiyat 22:16 / 01.02.2016 8560

Madaniyat va sport ishlari vazirligining 2015 yil faoliyati yakunlariga bag‘ishlangan kengaytirilgan Hay'at majlisi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda qalampir.uz sayti xabar qilgan.

Unda vazir o‘rinbosarlari, vazirlik markaziy apparati boshqarmalari boshliqlari, vazirlik tizimidagi respublika tashkilotlari rahbarlari, hududiy boshqarmalar boshliqlari, muzeylar, sport maktablari, teatrlar direktorlari hamda teatrlar rejissyorlari qatnashdi. 

Yig‘ilishda 2016 yilda madaniyat va sport sohasini rivojlantirish borasida amalga oshiriladigan ustuvor vazifalar belgilab olindi.

Hay'at majlisida teatrlar va tomosha muassasalari faoliyatini yanada takomillashtirish, ularning moddiy-texnika bazasini kuchaytirish, repertuarlarni zamon talablariga mos ravishda shakllantirish haqida so‘z bordi. "Tomosha” bolalar musiqiy teatrga ajratilgan binoni rekonstruksiya qilish va moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, Respublika bolalar qo‘g‘irchoq teatri binosini qurish, Muqimiy nomidagi o‘zbek davlat musiqali teatri binosini rekonstruksiya qilish kabi masalalar o‘rtaga tashlandi.

Shuningdek, 2016 yilgi Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlariga litsenziya olgan va nomzod sportchilarni tayyorgarlik ko‘rish holatini tanqidiy-tahliliy o‘rganish va bu boradagi ishlar samaradorligini oshirishga qaratilgan amaliy choralar belgilanadi.

Ma'lumot uchun, ushbu teatr truppa sifatida 1939 yil 30 noyabrda tashkil topgan. Teatrga 1939 yili Muqimiy nomi berilgan. Teatr o‘z faoliyatini 1939 yil 30 noyabrda Hamza Hakimzoda Niyoziyning “Maysaraning ishi” komediyasi bilan faoliyatini boshlagan.
Teatr barcha yoshdagi san'at shaydolari uchun spektakllar yaratadi.

Ko‘proq yangiliklar: