Aktrisa xonanda Sa'dullayeva “Bekajon” nashriga bergan intervyusida 2015 yilda barakali ijod qilganini, lekin ayrim loyihalardan qoniqmaganini ta'kidlab o‘tdi.
“2015 yilda ishtirokimdagi yettita yangi film taqdimoti bo‘lib o‘tdi, - dedi u. – Bu filmlarning oltitasida bosh rolni ijro etganman. Men suratga tushgan filmlar katta ekranga chiqqach, ayrimlarida rol ijro etganimdan afsuslandim. Film ssenariysini o‘qiganimda, qattiq ta'sir qilgandi, ammo kino omadli chiqmadi. Bu, albatta, rejissyor muhoratiga ham bog‘liq”.
Aktrisa onasi bunday holatlardan uni ogohlantirganini tan oldi: “Onam esa boshidanoq ssenariyni o‘qib, “Muqaddas, bu filmga suratga tushma”, degandilar. O‘shanda onamning so‘zlariga quloq tutsam bo‘larkan. Doim ota-onamning maslahatlari bilan ssenariylarni tanlab rozilik berardim, ammo bir safar u kishining so‘zlarini ikki qilib, xatoga yo‘l qo‘ydim. Bu xatoni takrorlamaslikka harakat qilaman”.