Angliyaning «Manchester Siti» klubi bosh murabbiyi Manuel Pellegrini yozda uning o‘rnini egallaydigan «Bavariya» bosh murabbiy Xosep Gvardiolaning «shaharliklar» boshqaruviga kelishi borasida o‘z bayonotini berdi.
«Men klub rahbariyati bilan gaplashganimda, bu yerda dastlabki tuzgan shartnomam yakuniga qadar ishlashimni aytgandim. Shartnomaning 2017 yilgacha uzaytirilishida bitta shart bor edi. Ikkala tomon ham istasa, bu banddan foydalanishni to‘xtashi mumkin bo‘lardi. Men bu yerdagi faoliyatimni 30 iyun kuni yakunlayman, shunday ekan hech qanday spekulyatsiya bo‘lishi mumkin emas.
«Manchester Siti» orqamdan hech qanday ish qilgani yo‘q. Men bularning hammasi haqida bir oy oldin bilardim. Bu haqidagi mish-mishlar yaxshi emas deb o‘ylayman. Shu boisdan ham shaxsan o‘zim spekulyatsiyaga yakun yasashni va futbolchilarga va matbuotga bu haqida xabar berishni istadim. Men ikki hafta oldin klub rahbarlari bilan gaplashganimda shunday qilmoqchi ekanimni aytgandim», – deydi 62 yoshli mutaxassis.
Eslatib o‘tamiz, chililik murabbiy Manchesterda 2013 yildan buyon ishlab kelmoqda. Bu davr mobaynida u Angliya chempionati va Kubogida zafar quchishga ulgurgan.
Gvardiola Manchesterning qaysi jamoasida ishlashi ma'lum bo‘ldi