Eron sanksiyalar bekor qilinganidan so‘ng xorijdagi 100 milliard dollariga qaytadan ega chiqdi

Iqtisodiyot 19:26 / 01.02.2016 3625

Yadro shartnomasi imzolanganidan so‘ng Eron xorij hisob raqamlarida muzlatib qo‘yilgan 100 milliard dollarga qaytadan ega chiqdi, deya xabar bermoqda Associated Press.

Eron hukumatining matbuot kotibi Muhammad Bakir Nobaxtning aytishicha, Eronning muzlatilgan aktivlari Xitoy, Hindiston, Yaponiya, Janubiy Koreya va Turkiya mamlakatlarida eng to‘g‘ri keladi.

Bundan avvalroq esa Eron sanksiyalar bekor qilinganidan so‘ng neft narxi keskin arzonlab ketgani sababli tushib ketgan iqtisodiyotni tiklash uchun yiliga 50 milliard dollar miqdorida xorijiy investitsiyalarni qabul qilib olishi haqida xabar qilingan edi.

Ko‘proq yangiliklar: