AQSh energetika vazirligi Sandiy milliy laboratoriyasiga parraklari eni 200 metrgacha yetadigan suzib yuruvchi shamol turbinalarini konstruksiyalash vazifasini topshirdi. Bu haqda Gizmodo nashri xabar bermoqda.
Hozirda parraklari 80 metrga yetadigan eng katta shamol turbinalari Yaponiyada joylashgan. Ular 7 megavatt elektr energiya ishlab chiqaradi. AQShda esa 50 megavattlik shamol generatorlari yaratishmoqchi.
Yangi konstruksiya kuchli dengiz shamolini yo‘qotishlarsiz "tutishga" imkon beruvchi maxsus elementlar bilan jihozlanadi. Kuchli shamollarda buzilish xavfini kamaytirish maqsadida rotor kuraklari shamol yo‘nalishida yig‘iladi.
Muhandislarni bunday konstruksiyani yaratishga palma daraxti ilhomlantirdi. To‘fon paytida bu daraxtlar o‘z shox-shabbalarini "yopishga" qodir va shu tariqa 300 km/soatgacha tezlikdagi shamolga dosh bera oladi.
Loyihaning muvaffaqiyatli amalga oshirilishi shamol energetikasini to‘fonlar va tayfunlar xatari katta bo‘lgan hududlarda qo‘llashga imkon beradi.
Loyiha hozircha ishlab chiqish bosqichida turibdi. Aniq natijalarni 2020 yil oxiriga kutish kerak bo‘ladi. Shu vaqtga kelib AQSh energetika vazirligi mamlakatda ishlab chiqariluvchi 20 foiz elektr energiyani shamol elektr stansiyalari yordamida olmoqchi.