Hozirda Afg‘onistonda ayollar uchun maxsus universitet ochish loyihasi bo‘yicha jarayonlar boshlangan. Mamlakatning birinchi xonimi va siyosiy arbob Rula G‘aniy mazkur loyiha yuzasidan press-konferensiya o‘tkazdi.
“Qizlar uchun universitet ochish loyihasi Prezidentlik saylovlarida janob Ashraf G‘aniyning saylovoldi kampaniyasidan o‘rin oladi va biz buni tez orada amalga oshiramiz. Ta'limni oliy bosqichda davom ettirish niyati bo‘lgan qizlar uchu bu ayni muddao bo‘ladi”, - deydi Rula xonim.
Ma'lumotlarga ko‘ra, mazkur universitet qurilishi uchun Kobul shahri hududidan alohida joy ham ajratilgan.