Xalq ta'limi vazirligining 2015 yilgi faoliyati yakunlari hamda 2016 yil — Sog‘lom ona va bola yilida tizimda amalga oshiriladigan muhim vazifalarga bag‘ishlangan kengaytirilgan hay'at yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vaziri Ulug‘bek Inoyatovning yig‘ilishda ta'kidlashicha, 2015 yilda namunaviy loyihalar asosida 29ta yangi umumta'lim maktabi barpo etildi, 219ta maktab rekonstuktsiya qilinib, 136tasi kapital ta'mirlandi.
2016 yilda maktablarning 3797ta boshlang‘ich sinflarini va 2950ta 5-9 sinf chet tillari kabinetlarining 2859tasini chet el grantlari, 91tasini iqtisod qilingan mablag‘lar hisobidan kompyuter sinfi bilan ta'minlash, umumta'lim maktablari uchun 537 nomda 26,1 million nusxa darslik va o‘quv-metodik qo‘llanmalar chop etish, 4-sinf o‘quvchilari uchun chet tilidan 590,3 ming nusxa darslik, o‘qituvchilar uchun 21,2 ming nusxa metodik qo‘llanma va multimedia ilovalarini ishlab chiqib, ta'lim muassasalariga yetakazib berish, sport turlari bo‘yicha o‘quv dasturlarini takomillashtirish, sport seksiyalarida mashg‘ulotlarni samarali tashkil etishga qaratilgan 7 nomdagi o‘quv metodik qo‘llanmalarni tayyorlash rejalashtirilmoqda.