Rio-de-Janeyrodagi 2016 yilgi Olimpiadaning byudjyeti 10 mlrd dollarga yaqinni tashkil qiladi

Iqtisodiyot 09:40 / 30.01.2016 2122

Joriy yilda Braziliyaning Rio-de-Janeyro shahrida bo‘lib o‘tadigan Yozgi Olimpiada byudjyeti 39,1 mlrd realni, ya'ni 9,75 mlrd dollarni tashkil qiladi. Bu haqda Braziliya
Davlat olimpiya rahbariyati (APO )da ma'lum qilindi.

2015 yil avgustida tuzilgan avvalgi xarajatlar smetasiga ko‘ra o‘yinlar byudjyeti 100 mln dollarga ko‘proqqa oshgan. APO ma'lumotlariga ko‘ra, umumiy summadan 60 foizini xususiy investitsiyalar tashkil qilgan. Braziliya o‘yinlarni o‘tkazish uchun ariza topshirganda Olimpiada byudjyeti 7,2 mlrd dollarni tashkil qilishini ta'qidlagandi. Taqqoslash uchun, Londondagi 2012 yilgi Olimpiada uning tashkilotchilariga 16,3 mlrd dollarga tushgan, Braziliyada 2014 yilda o‘tkazilgan futbol bo‘yicha jahon chempionati esa 6,8 mlrd dollarga aylangan.

Rio-de-Janeyrodagi Olimpiada byudjyeti uch tarqibiy qismdan shakllanadi. Sport obektlarini qurish uchun 1,77 mlrd dollar sarflangan. Shaharda musobaqalar oldidan qurilgan infratuzilma obektlariga ketgan xarajatlar 6,15 mlrd dollarni tashkil qiladi. Va nihoyat, “Rio-2016” tashkiliy qo‘mitasi byudjyeti 1,85 mlrd dollarni tashkil qiladi, bu mablag‘dan bir qismi Olimpiadaning ochilishi va yopilishi marosimlariga sarflanadi.

Ko‘proq yangiliklar: