Yunusobodning ayrim hududlarida elektr vaqtincha o‘chiriladi

Jamiyat 11:06 691

Bugun, 14 oktyabr kuni Yunusobod tumanining ayrim hududlarida elektr ta’minoti soat 09:00 dan 18:00 gacha to‘xtatiladi. Bu haqda «Toshkent shahar elektr tarmoqlari» MChJ xabar berdi.

Qayd etilishicha, elektr tarmoqlaridagi avariyaviy holatlarning oldini olish hamda mavjud elektr qurilmalarida ta’mirlash ishlarini olib borish maqsadida quyidagi manzillarda elektr ta’minoti vaqtincha o‘chiriladi:

Yunusobod tumanidagi Sharq haqiqati, Katta Hasanboy, Islomobod, Adolat, Uch qahramon hamda Nurmakon MFYlarining ayrim hududlarida.

«O‘z navbatida, yuqoridagi hududlarda ta’mirlash ishlari belgilangan vaqtdan avvalroq yakunlanishi mumkinligini bildirib o‘tamiz. “Toshkent shahar elektr tarmoqlari” MChJ mazkur ta’mirlash ishlari tufayli elektr ta’minotidagi vaqtincha uzilishlar sababli yetkazilayotgan noqulayliklar uchun iste’molchilardan uzr so‘raydi», deyiladi xabarda.

Ko‘proq yangiliklar: