Braziliyaning 2015 yil natijalariga ko‘ra davlat qarzi YaIMning 66,2 foizini tashkil qildi

Iqtisodiyot 10:31 / 30.01.2016 4024

Braziliyaning 2015 yil natijalariga ko‘ra davlat qarzi rekord darajaga, ya'ni mamlakat yalpi ichki mahsulotining 66,2 foiziga yetdi. Bu haqda Braziliya Markaziy banki ma'lum qildi.

Milliy bank ma'lumotlariga ko‘ra, Braziliya iqtisodiyotining davlat sektori olgan daromadidan 27,8 mlrd dollarga ko‘proq mablag‘ sarflagan. 2014 yil dekabriga nisbatan Braziliya davlat qarzi YaIMga nisbatan 9 foizga oshgan. Bu miqdor Milliy bank 2006 yildan tegishli statistikani olib borishni boshlagandan beri bu ko‘rsatkichning sezilarli yomonlashishini namoyon qildi.

Braziliyaning 2015 yil natijalariga ko‘ra federal byudjyeti kamomadi 28,75 mlrd dollarni tashkil qilgan, bu oxirgi 19 yil ichidagi eng yomon ko‘rsatkich bo‘ldi. 2014 yilda bu ko‘rsatkich 4,3 mlrd dollarni tashkil qilgandi.

Xalqaro valyuta jamg‘armasining 19 yanvarda e'lon qilgan prognoziga ko‘ra, Braziliya
iqtisodiyotining qisqarishi 2016 yilda 3,5 foizni tashkil qilishi mumkin. 2015 yil natijalariga ko‘ra, bu ko‘rsatkich 3,8 foizni tashkil qilgan.
2017 yilda Braziliya iqtisodiyoti pasayishda to‘xtatishi kerak, biroq o‘sishni ham namoyish qilmaydi, prognozga ko‘ra, 2017 yilda o‘sish 0 foizni tashkil qiladi.
Jamg‘arma mutaxassislarining fikricha, Janubiy Amerikaning eng yirik mamlakatida iqtisodiy pasayish “avval kutilgandan ancha chuqurroq va davomiyroq bo‘ldi”.

Ko‘proq yangiliklar: