Bloomberg: norveg lososi narxi unga talabning oshishi tufayli 30 yillik maksimum qiymatiga erishdi

Iqtisodiyot 06:43 / 30.01.2016 3856

Eksport qilinadigan norveg lososi narxi yanvar oyida 30 yillik maksimum qiymatiga erishdi, deb xabar bermoqda Bloomberg agentligi.

Ta'kidlanishicha, 2015 yilda lososni ko‘paytirish rentabelligi sezilarli yaxshilandi, vaholanki 2014 yilda norveg akvafermalariga inqirozga yuz tutish xavf solayotgan edi va ular baliqni o‘z tannarxidan past narxda sotishga majbur bo‘layotgandilar.   

2015 yilda Norvegiya rekord darajadagi baliq va dengiz mahsulotlari eksportini qayd qildi, jumladan 5,4 mlrd dollarlik losos eksport qilindi. Shu bilan birga talabning tiklanishi oxirgi ikki yil ichida Cargill Inc. va Mitsubishi Corp. kabi yirik investorlarni jalb qildi.

2015 yilning oktabridan losos 53 foizga qimmatlashdi. 17 yanvarda bu baliqning bir kilogrami narxi 7,15 dollarga baholanayotgan edi, shundan keyin narxlar oshishi biroz sustlashdi, chunki bozor ishtirokchilari baland narxlar talabning qaytishiga olib kelishidan xavfsirashmoqda. 2014 yilda bir kilogramm losos narxi 3 dollar atrofida turgan.  

Ko‘proq yangiliklar: