Bloomberg: 2016 yilning yanvari birjalar uchun so‘nggi 7 yil ichidagi eng yomon oy bo‘ldi

Iqtisodiyot 12:57 / 30.01.2016 3197

2016 yil yanvar oyida dunyo birjalari so‘nggi 7 yil ichidagi eng katta yo‘qotishlarni boshdan kechirdi, deya xabar bermoqda Bloomberg.

S&P birjasining bir oylik yo‘qotishi 500 punktni tashkil etib, 2009 yil yanvardan buyon eng ko‘rsatkich bo‘ldi. 40dan ziyod mamlakatlar birjalarini kuzatib boruvchi MSCI All Country World Index indeksida ham jiddiy pastlash sodir bo‘ldi. Yevropa fon birjalari 6 foizga pastlagan bo‘lsa, Yaponiyaning Topix`i 7 foizga quladi.

Nashrning qayd etishicha, 1927 yildan buyon yanvar oyida butun yil davomidagi pastlashlarning 68 foizini tashkil etib kelmoqda. Shu bilan bir qatorda, so‘nggi haftada neft narxining ko‘tarilgani sarmoyadorlarga nekbinlik kayfiyatini tuhfa qildi.

Ko‘proq yangiliklar: