Ukrainada davlat kompaniyalari miqdori 12 baravar qisqartiriladi

Iqtisodiyot 08:35 / 29.01.2016 1783

Ukraina hukumati davlat kompaniyalari sonini 250tagacha tushirishni rejalashtirmoqda. Bu haqda prezident ma'muriyati rahbari Boris Lojkinga asoslanib, EurActiv xabar bergan.

"Hozirda 3 ming atrofidagi davlat kompaniyalari mavjud, ulardan 1600ga yaqini ishlamayapti. Bizga 200ta, uzog‘i bilan 250tasi qolishi ham yetarli", degan u.

Lojkinning so‘zlariga ko‘ra, qolgan kompaniyalarni keyingi bir necha yil ichida, iloji boricha tezroq sotish kerak bo‘ladi.

Ko‘proq yangiliklar: