Oq uy: Rossiyaning Saudiya Arabistoni bilan muzokaralari uning iqtisodiyoti zaiflashganidan dalolat bermoqda

Iqtisodiyot 09:57 / 29.01.2016 5907

AQSh tomonining hisoblashicha, Rossiya Saudiya Arabistoni bilan neft qazib olish hajmini kamaytirishga kelishi orqali jahon bozorida bu xom ashyoning narxini oshirishga intilmoqda. Bu esa Rossiya iqtisodiyotining zaiflashganidan dalolat beradi. Bu haqda Oq uy vakili Josh Ernest OPeK va Rossiya o‘rtasida o‘tkaziladigan muzokaralarga bag‘ishlangan brinfing chog‘ida ma'lum qilgan.

Uning aytishicha, Rossiya iqtisodiyotidagi ahvolning yomonlashuviga 2 omil mavjud: sanksiyalar (Ukrainadagi vaziyat tufayli) va neft narxidagi pasayish.

"Shuning uchun, Rossiya bu vaziyatdan chiqish yo‘llarini qidirayotganiga hayron bo‘lmaslik kerak. Rossiyaning neft narxini oshirish maqsadida boshqa davlatlar bilan bu xom ashyoni qazib olishni kamaytirish bo‘yicha muzokaralar boshlashi - bu davlatning iqtisodidagi vaziyat juda yomonlashganini anglatadi", degan Ernest.

Bundan oldinroq, OAVda Saudiya Arabistoni Rossiyaga yillik neft qazib olish hajmini 5 foizga kamaytirish taklifini bildirgani haqidagi xabar tarqalgandi.

Keyinroq, Rossiya energetika vaziri Aleksandr Novak ham bu ma'lumotni tasdiqladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Saudiya Arabistoni OPeKning oldingi uchrashuvlarida tashkilot a'zolaridan neft qazib olishni besh foizga qisqartirishni taklif qilgan.

Shundan so‘ng, neft narxi birdan ko‘tarildi va Brent markasidagi neft narxi 1 barreli uchun 35,03 dollarga, WTI markasidagi neft narxi esa 1 barreli uchun 34,12 dollarga yetdi.

Eng oxirgi prognozlarga ko‘ra, Brent markasidagi neft narxi 2016 yil oxiriga borib barreliga 70—75 dollarga yetishi mumkin. Oldinroq treyderlar neft narxi o‘zining eng pastki ko‘rsatkichini qayd etib bo‘lgani, yil oxiriga borib neftning bir barreli 50 dollarga yetishini ma'lum qilgandi.

Boshqa tahlilchilar esa, agar Saudiya Arabistoni va Eron o‘rtasidagi mojaro "issiq urush"ga aylanib ketsa, neft narxi barreliga 250 dollargacha yetishi mumkin.

Saudiya Arabistoni Rossiyaga neft qazib olish hajmini 5 foizga kamaytirishni taklif qildi

Ko‘proq yangiliklar: