Nazarboyev neft narxining pastligiga ko‘nikish lozimligini ta'kidladi

Iqtisodiyot 13:49 / 29.01.2016 2634

Neft narxining tushishi oxirgi chegaraga yetib kelmoqda, endilikda Qozog‘iston narxlarning pastligi sharoitida yashashga o‘rganmog‘i lozim. Bu haqda mamlakat prezidenti Nursulton Nazarboyev “Nur Otan” partiyasining navbatdan tashqari XVII s'yezdidagi chiqishida aytib o‘tdi.

“Geosiyosiy silsila yakuniga yetmoqda, g‘ayritabiiy hech narsa yo‘q, - dedi u. – Janubi-Sharqiy inqiroz 1997 yili boshlangan edi, 1998 yili esa dunyo Osiyo inqirozi oqibatlarini boshidan kechirdi, esga olsak, 1998 yili neft barreli 9.8 dollarga tushib ketdi, so‘ng o‘n yillar davomida narx ko‘tarilib, 120 dollarga yetdi”.

Ko‘proq yangiliklar: