Nazarboyev: xohlasam, bir dollarni bir tangaga tenglashtirib qo‘yishim mumkin

Iqtisodiyot 17:35 / 29.01.2016 20189

Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev, agar istasa, bitta qaror qabul qilib, bir dollarni bir tangaga tenglashtirib qo‘yishi mumkinligini ta'kidladi.

“Nazariy jihatdan, masalan, parlamentsiz qaror qabul qilib, bir dollarni bir tangaga tenglashtirib qo‘yishim mumkin. Bunday qilsa bo‘ladi”, - dedi u “Nur Otan” partiyasining navbatdan tashqari XVI sessiyasidagi chiqishida. “Bir paytlar shunaqasi bo‘lgandi, - yodga oldi prezident. – Katta avlod yaxshi xotirlaydi, SSSRda bir rubl rasman bor-yo‘g‘i 45 sent turardi, hatto bir dollar ham emas. Lekin bu totalitar, devorlar, temir panjara bilan yopib tashlangan, natural xo‘jalik hukm surayotgan davlatda bo‘lgan edi. Bilasizmi, o‘shanda qancha xususiy tadbirkor bor edi? Nol”.

Uning fikricha, davlat milliy valyuta kursini qancha ko‘p nazorat qilsa, tadbirkorlik uchun shuncha to‘siq vujudga keladi.

Ko‘proq yangiliklar: