Microsoft kompaniyasining sof foydasi ikkinchi chorakda 14 foizga kamaydi

Iqtisodiyot 19:19 / 29.01.2016 2636

Microsoft kompaniyasi 2016 yilgi moliyaviy ko‘rsatkichlari (2015 yilning oktabr–dekabr oylarida) bo‘yicha ikkinchi chorakdagi daromadlarini hisoblab chiqdi. Bu haqda RNS nashri xabar tarqatdi.

Microsoft sof foydasi miqdori o‘tgan yilning shu davriga nisbatan solishtirganda 14 foizga qisqargan va 4,9 mlrd dollarni tashkil qilgan. Bundan tashqari, kompaniyaning daromadi 10 foizga qisqarib, 23,78 mlrd dollarni tashkil qilgan.

Productivity and Business Processes (Microsoft Office va Office 365, shuningdek Dynamics va Dynamics CRM xizmatlarini qo‘shib hisoblaganda) segmentida kompaniya 2 foiz daromadini yo‘qotgan va bu ko‘rsatkich 6,6 mlrd dollarga qisqargan.

More Personal Computing (gadjyetlar va kompaniya devayslari sotuvi, Windows operatsion tizimi va Bing qidiruv sistemasi) bo‘yicha Microsoft`ning daromadi o‘tgan yilga nisbatan 5 foizga qisqargan. Mazkur segmentda kompaniya damromadi 12,7 mlrd dollarni tashkil qilmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: