FT: Total Erondan kuniga 200 barrel neft sotib oladi

Iqtisodiyot 16:20 / 29.01.2016 2219

Eron yadro dasturi sababli joriy etilgan sanksiyalar bekor qilinishi bilan Tehron xorijiy sarmoyalar hajmini tezda oshirdi va bir qator G‘arb kompaniyalari bilan yirik miqdordagi shartnomalarni imzolab ulgurdi. Jumladan, Fransiya energetika giganti Total kompaniyasi bilan hamkorlik to‘g‘risidagi memorandumni imzolandi. Bu haqda Financial Times xabar qildi.

Memorandumga muvofiq, fransuz kompaniyasi Erondan kuniga 150-200 barrel neft xarid qilishni mo‘ljallamoqda. Shartnoma Eron prezidenti Hasan Ruhoniyning Parijdagi Yelisey saroyida Fransiya prezidenti Fransua Olland bilan uchrashuvi vaqtida imzolandi.

Bundan avvalroq esa Fransiya Eron bilan 15 millird yevro miqdorida shartnomalar imzolagani xabar qilingan edi.

Ko‘proq yangiliklar: