BAAda benzin ichimlik suvidan ham arzonroqqa sotila boshladi

Iqtisodiyot 19:50 / 29.01.2016 4928

Birlashgan Arab Amirliklarida neft narxi tushishiga parallel ravishda, olti oydan buyon benzin narxi ham pasaymoqda. The National nashri xabariga ko‘ra, bugungi kunga kelib, benzin ichimlik suvidan ham arzonroqqa sotila boshlagan.

Yanvar oxirida narxlar navbatdagi marta o‘zgargach, Special kategoriyasidagi asosiy yoqilg‘ining (95-benzin) 1 litri endi yarim yil avvalgiday 0,5 dollar emas, 0,4 dollar bo‘lib turibdi.

Shu bilan birgalikda, Amirliklarda oziq-ovqat narxlari teskari dinamikani namoyish etmoqda: 1 litr gazli ichimlik benzindan 2 baravar qimmatroq turadi, mineral ichimlik suvi esa 5-8 marta qimmatlashgan.

Natijada, BAA hukumatini ijtimoiy ahamiyatga ega oziq-ovqat mahsulotlari uchun belgilangan narxlarni joriy qilishga majbur bo‘lmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: