AQSh energetika vazirligi: yaqin bir yil ichida neft narxi oshadi

Iqtisodiyot 10:19 / 29.01.2016 3379

Jahon neft bozorida taklif ilgarigiday talabdan kuniga 1.5 mln barrelga oshiqlik qilmoqda, ammo bu raqam qisqarmoqda, shu bois yaqinda neft narxi oshishi kutilmoqda. Bunday prognozni AQSh energetika vazirligi energetik axborot boshqarmasi rahbari Adam Seminski Kolumbiya universiteti global energetik siyosat markazida bergan matbuot anjumanida aytib o‘tdi. Uning fikricha, yaqin bir yil ichida talab va taklif o‘zaro muvofiq kelishi kutilmoqda.

Uning so‘zlariga qaraganda, bozordagi vaziyatga hozir bir qancha omillar ta'sir o‘tkazmoqda. Ular sirasida mutaxassis AQShdagi slanetsli neft narxini aytib o‘tdi. “AQShdagi slanetsli neft ishlab chiqaruvchi kompaniyalar barreliga 50 dollardan yuqoriroq narxdagina omon qolishi mumkin, bugungi 30 dollarlik narxlar tufayli esa AQShda neft qazib olish oyiga 1-2 foizga qisqarmoqda”, - qo‘shimcha qildi Seminski.

Ko‘proq yangiliklar: