2015 yilda “O‘zkimyosanoat” korxonalarida 2,187 trln so‘mlik tovar mahsulot ishlab chiqarildi

Iqtisodiyot 14:29 / 29.01.2016 2424

2015 yilning yanvar-dekabr oylarida “O‘zkimyosanoat” korxonalarida 2187,5 mlrd. so‘mlik tovar mahsulot (o‘sish sur'ati 108%) hamda 185 mlrd. so‘mlik xalq iste'mol mollari (o‘sish sur'ati 117,6%) ishlab chiqarildi. Bu haqda “O‘zkimyosanoat” AJ matbuot xizmati xabar qildi.

Sof holda 1234,38 ming tonna mineral o‘g‘itlar, shu jumladan 942,72 ming tonna azotli o‘g‘itlar, 148,42 ming tonna fosforli o‘g‘itlar va 143,24 ming tonna kaliyli o‘g‘itlar ishlab chiqarildi.

Mahalliylashtirish dasturiga muvofiq 2015 yil yanvar-dekabr oylarida 248,6 mlrd.so‘mlik mahsulot ishlab chiqarildi (prognoz 244,2 mlrd.so‘m). 2015 yil Investitsiya dasturiga kiritilgan loyihalarni bajarish doirasida “O‘zkimyosanoat” AJ korxonalari tomonidan 222,9 mln.dollar hajmida investitsiyalar o‘zlashtirildi va prognoz 122,6%-ga bajarildi.

Xalqaro sanoat yarmarkasi va kooperatsion birjada tuzilgan shartnomalarga binoan 208 mlrd.so‘mlik mahsulot kompaniya korxonalari tomonidan sotib olindi.

Ko‘proq yangiliklar: