«'»: Rossiyada yo‘lovchi samolyotlari miqdori oxirgi 10 yildagi minimumni tashkil qildi

Iqtisodiyot 09:22 / 29.01.2016 2286

Rossiya aviakompaniyalari aviatashuvlarga talabning pasayishi va iqtisodiy inqiroz tufayli 2015 yilda yo‘lovchi samolyotlari parkini oxirgi 10 yil ichidagi minimal darajagacha qisqartirdi. Bu haqda Rossiya Fuqarolik aviatsiyasi davlat ilmiy tadqiqot instituti ekspertlariga iqtibos keltirgan holda “Kommersant'” gazetasi yozmoqda.

Ta'kidlanishicha, Rossiya aviakompaniyalariga samolyotlarni yetkazib berish ikki barobarga qisqargan. 2015 yilda Rossiya aviakompaniyalari 753 ta yo‘lovchi samolyotidan foydalangan, ulardan 547 tasi magistral va 206 tasi hududiy samolyotlar bo‘lgan.

Butun aviaparkdan 72 foiz samolyotni xorijda ishlab chiqarilgan samolyotlar tashkil qilgan, bunda o‘rtamagistral Boeing 737 va Airbus A320 samolyotlariga Rossiya fuqarolik aviatsiyasi yo‘lovchilar tashish umumiy hajmining 95 foizi to‘g‘ri kelgan.

Ekspertlarning fikricha, aviaparkning qisqarishiga bozordan “Transaero” (70 dan ortiq samolyot) aviakompaniyasining ketishi asosiy sabab bo‘lgan. Shu bilar birga bu kompaniyaning samolyotlari 2016 yilda “Rossiya” aviakompaniyasi tarkibida yana bozorga qaytishi mumkin. Shuningdek, “YuTeyr” va “Severnyy veter” aviakompaniyalari ham o‘z samolyotlari sonini qisqartirganlar.

“Boshqa qolgan samolyotlar bozordan yengib bo‘lmaydigan vaziyatlar – yoki foydalanuvchining litsenziyasi qaytarib olinishi, yoki bozorning butun bir segmenti – Misr va Turkiyaga parvozlarning tugatilishi tufayli ketgan”, deb aytdi “Aviaport” ijrochi direktori Oleg Panteleyev. Uning fikricha, hozirda qolgan samolyotlar ham me'yoridan ko‘p.

Ko‘proq yangiliklar: