Ukraina dunyo bo‘yicha narxlar o‘sishi borasida yetakchi bo‘ldi

Iqtisodiyot 22:34 / 28.01.2016 3974

Ukraina 2015 yil natijalariga ko‘ra inflyatsiya darajasi bo‘yicha dunyoda yetakchi bo‘ldi, mamlakatda narxlar 43,3 foizga oshgan. Bu borada 2-o‘rinni Qozog‘iston (13,6 foiz), 3-o‘rinni Rossiya egalladi (12,9 foiz). Bu haqda Rossiya statistika boshqarmasi ma'lum qildi.

Yuqori inflyatsiya darajasi, shuningdek, Belarusda (12 foiz), Braziliyada (10,7 foiz), Turkiyada (8,8 foiz) ham kuzatildi. AQShda mahsulotlar va xizmatlar narxi 0,7 foizga, Germaniyada esa 0,2 foizga oshgan.

Bir qator Yevropa davlatlarida esa aksincha, deflyatsiya kuzatildi. Narxlar eng ko‘p miqdorda Shveytsariyada (1,4 foiz), Bolgariyada (0,9 foiz) va Ruminiyada (0,7 foiz) pasaygan.

Rossiya satistika boshqarmasining ma'ruzasida yirik jahon davlatlari ko‘rsatkichlari taqqoslanadi, shuning uchun ba'zi davlatlar, misol uchun Venesuela ro‘yxatga kiritilmagan. Venesuela markaziy bankining ma'lumotlariga ko‘ra, bu davlatda 2014 yilning sentabridan 2015 yilning sentabrigacha inflyatsiya darajasi 141,5 foizni tashkil qilgan. Xalqaro valyuta jamg‘armasining taxminicha, 2016 yilda Venesuelada inflyatsiya 720 foizgacha yetadi.

Ko‘proq yangiliklar: