Jyeyenbekov: Qirg‘izistonning bugungi qarzi YaIMning 70 foizini tashkil qiladi

Iqtisodiyot 13:04 / 08.12.2015 4156

Qirg‘izistonlik muxolif siyosatchi, parlamentning sobiq deputati, “Or-nomus” partiyasi yetakchilaridan biri Ravshan Jyeyenbekovning bayonotiga ko‘ra, Qirg‘izistonning real tashqi qarzlari YaIMning 70 foizini tashkil qiladi. Bu haqda u EADaily nashriga bergan intervyusida ma'lum qildi.

“Ha, tashqi qarzlarimiz Maastrixt talablaridan o‘tib ketdi – YaIMning 60 foizi. Qirg‘iziston hukumati 58-59 foiz haqida gapirmoqda, rasmiy ma'lumotga ko‘ra, bu 3 mlrd 600 mln dollar. Yolg‘on. Bugun Qirg‘izistonning tashqi qarzi YaIMning 70 foizini tashkil qilmoqda. Mamlakat uchun bu investitsiyalarning qisqarishi demakdir. Jahon banki, Xalqaro valyuta jamg‘armasi singari xalqaro institutilar biz bilan boshqacha ohangda gaplasha boshlaydi”, - ma'lum qildi siyosatchi.

Uning ma'lum qilishicha, oxirgi yillarda Qirg‘iziston 2-2.2 foiz yillik to‘lov evaziga katta miqdorda qarzlar olgan va qarzlar talablari bo‘yicha o‘zini bankrot deb e'lon qila olmaydi, negaki qarzlar parlamentlar tomonidan ratifikatsiyalangan ikki tomonlama shartnomalar bilan nazorat qilinadi.

Ko‘proq yangiliklar: