Rossiyaning neft eksportidan daromadi 1 yil ichida deyarli 2 baravar kamaydi

Iqtisodiyot 18:08 / 04.12.2015 2736

2015 yilning yanvar-oktabr oylarida Rossiyaning neft eksport qilish hajmi o‘tgan yilning shu davriga nisbatan solishtirganda 1,75 marotaba qisqarib 76,738 mlrd dollarni tashkil qildi. Bu haqda RIA «Novosti» Federal Bojxona xizmati (FTS) ma'lumotlariga tayanib xabar tarqatdi.

Unda qayd qilinishicha, neft eksport qilish hajmi 2014 yilda 153,878 mlrd dollarni tashkil qilgan. Bu 2013 yildagi ko‘rsatkichga nisbatan 11,3 foizga kamroq.

Rossiya yil boshidan buyon 201,24 mln tonna neft mahsulotlarini eksport qildi. Bu 2014 yilning shu davriga nisbatan 7,63 foizga o‘sgan.

Uzoq mamlakatlarga qilinadigan neft eksporti hajmi 9 foizga o‘sib, 182,292 mln tonnagacha yetgan. Eksportdan tushgan mablag‘ 71,847 mlrd dollar (2014 yil yanvar-oktabr oyiga nisbatan 1,77 marta kamroq). MDH davlatlariga eksport hajmi 4,02 foizga qisqarib, 18,948 mln tonnani tashkil qilgan. Eksportdan tushgan mablag‘ 1,5 baravar qisqarib, 4,891 mlrd dollarlik ko‘rsatkichni qayd qilgan.

Ko‘proq yangiliklar: