Xitoy Afg‘onistonning ta'lim tizimiga 58 mln dollar ajratadi

Iqtisodiyot 08:56 / 03.12.2015 1977

Xitoy hukumati Afg‘oniston ta'lim tizimini rivojlantirishga 58 mln dollar ajratishni va'da qilmoqda. Bu haqda “Afganistan segodnya” nashri yozmoqda.

Shuning munosabati bilan 30 noyabr kuni Afg‘oniston ta'lim vaziri Asadulla Balxiy hamda XXRning Kobuldagi elchixonasi iqtisodiy masalalar bo‘yicha attashesi Shen Leye tomonlaridan o‘zaro tushunish to‘g‘risida memorandum imzolandi.
Jamg‘armaning 34.6 mln dollarlik qismi Afg‘oniston milliy professional instituti binosi qurilishiga sarflanadi.

Bino 65 sinfxonaga, 25 ma'muriy xona, konferens-zal, 3 kompyuter xonasi, 105 o‘rinli turarjoy, kutubxona va masjidga ega bo‘ladi.
Qolgan 23.4 mln dollar boshqa maktab va institutlar qurilishiga ishlatiladi.

Ko‘proq yangiliklar: