Erdo‘g‘an: Turkiya Rossiya gazisiz ham yashay oladi

Iqtisodiyot 14:14 / 02.12.2015 16621

Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an mamlakat Rossiya gazisiz ham yashay olishiga ishonmoqda. Bu haqda Habertürk telekanali xabar bermoqda.

“Bilasiz, biz bir umr tabiiy gazdan foydalanmaymiz – uni o‘zimiz uchun qachon ochganimiz ma'lum. Bu millat qiyinchiliklarga o‘rganib ketgan. Gap biz Rossiya gazisiz yashay olmasligimiz haqida ketmayapti. Men ilgari aytgan edim, Rossiyadan tashqari boshqa davlatlardan ham gaz soti olamiz. Xudoning yordami bilan biz bu muammolarni hal qilamiz”, - dedi u.

Ilgaririroq Rossiya Turkiyaga tabiiy gaz yetkazib berishni vaqtinchalik to‘xtatgani, shuningdek, “Turk oqimi” gaz quvuri hamda “Aqquyu” elektr stansiyasining qurilishi borasidagi muzokaralar to‘xtatilgani xabar qilingan edi.

Ko‘proq yangiliklar: